Jahon

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida palov tarqatildi

Krasnoyarsk xalqlari do‘stligi uyida o‘tkazilgan “O‘zbek madaniyati kuni” tadbirida mazkur hududda yashayotgan o‘zbek diasporasi vakillari, sanʼat namoyondalari, mahalliy hokimiyat organlari vakillari, faol vatandoshlar, talabalar va mehnat migrantlari ishtirok etdi, – deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Tadbir avvalida o‘zbek madaniyatini aks ettiruvchi milliy cholg‘u asboblar, musiqa va raqs, milliy liboslar, tasviriy sanʼat asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shundan so‘ng, Do‘stlik uyining tomoshabinlar zalida o‘zbek kuy va qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir so‘nggida yig‘ilganlarga o‘zbek xalqining milliy taomi – palov tarqatildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version