Buxoro yangiliklari
Buxoroga 110 mln so‘mlik avto ehtiyot qismlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, kuni kecha “Olot” chegara postida O‘zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonun-qoidalarni chetlab o‘tib, noqonuniy daromad topmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs aniqlandi.
Aniqlanishicha, mazkur A. A. (shartli ismli) o‘zining boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasida kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan xorijda ishlab chiqarilgan ortiqcha tovar moddiy boyliklari – turli avtomobillarining ehtiyot qismlari borligi bojxona ko‘rigi davomida yuzaga chiqqan. Ushbu avto ehtiyot qismlarining umumiy bahosi 110 000 000 ga yaqin ekanligi oydinlashdi.
Ayni damda hodisa yuzasidan tegishli huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv harakatlarini olib borishmoqda.