Buxoro yangiliklari

Buxorodagi barcha sudyalar psixologik testdan o‘tmoqda

Bugun soat 14:00 dan so‘ng boshlangan test jarayonlarida 73 nafar sudyalar korpusi vakillari ishtirok etmoqda, – deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi matbuot xizmati.

Psixologik testlar orqali sudyalarning dunyoqarashi, sudda bo‘ladigan turli holatlarga chidamliligi, vaziyatga baho berish ko‘nikmasi, hatto ichkilikka va korrupsiyaga moyilligi haqida tavsiyaviy xarakterdagi xulosalar olinadi.

Shuningdek, ushbu testdan o‘tgan sudyalar ularning faoliyatini baholash bo‘yicha elektron reyting tizimiga kiritiladi. Yangi elektron reyting natijasida sudyalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi hamda bu doimiy yuritib boriladi. Har bir sudya o‘z kamchilik va yutuqlarini online ko‘rib turadi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version