Buxoro yangiliklari
Salomat Rahmonova – Buxoro raqs maktab-internatining yangi rahbari

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri buyrugʻi bilan Raрmonova Salomat Farmonovna Buxoro raqs maktab-internati direktori lavozimiga tayinlandi.
S. Rahmonova 1974-yili Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2010-yilda Buxoro davlat universitetida musiqa taʼlimi yoʻnalishini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.