Buxoro yangiliklari
“Buxoro” sport majmuasi katta final oʻyiniga hozirlik koʻrmoqda

Joriy yilning 30-oktabr kuni “O‘zbekiston Coca-Cola kubogi-2022” ning final uchrashuvi Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.
Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi (OʻzPFL) vakillari Buxoroda finalga hozirlik jarayonining yakuniy bosqichini ketmoqda.
“Buxoro” sport majmuasida va final oʻyiniga doir tadbirlar oʻtkaziladigan joylarida, shuningdek tashrif buyuradigan mehmonlarning goʻzal shahrimiz boʻylab sayohat qilishlari uchun ham tayyorgarliklar olib borilmoqda.
Shuni ham alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, mazkur o‘yinni bevosita stadionda tomosha qilib, “Navbahor” ni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashni xohlagan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida, Namangan viloyati hokimligi tomonidan “Namangan – Buxoro – Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bir martalik charter poyezd yo‘lga qo‘yildi va chiptalar narxi 515 000 so‘m etib belgilandi.