Jahon

Amerikalik xonanda Kanye Uest bir kunda milliard dollardan ko‘proq pul yo‘qotdi

Amerikalik reper Kanye Uest Adidas kompaniyasining homiyligidan ajralib chiqqanidan keyin milliarder maqomini yo‘qotdi, deb yozadi “Korrespondent.net” nashri.

Ta’kidlanishicha, hamkorlikni to‘xtatgan nemis sport kompaniyasi bilan tuzilgan bitim Uestning $1 500 000 000 lik boyligini tashkil etgan. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, shundan so‘ng reperning boyligi $400 000 000 dollarga baholanmoqda.

O‘z ismini rasman Ye deb o‘zgartirgan Uest Adidas bilan 2013-yildan buyon Yeezy krossovkalari seriyasida hamkorlik qilib kelar edi. Bundan tashqari, GAP, Balenciaga va Vogue ham Uest bilan hamkorlikni tugatdi.

“– Men shuni ayta olamanki, bu antisemitizm (yahudiylarga dushmalik ko‘zi bilan qarash) va Adidas meni tashlab keta olmaydi”, – degan edi bir muddat avval Uest Drink Champs podkastida.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version