Jahon
O‘zbek filmi Polshadagi kinofestivalda ishtirok etadi

“Hali urush tugamadi” badiiy filmi “Edukino-2022” Polsha kinofestivalida ishtirok etadi.
Kartina “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan Kino agentligi buyurtmasi bo‘yicha “Debyut start-2021” kinofestivalida g‘olib bo‘lgan ssenariy loyihalari bo‘yicha suratga olingan.
Ma’lumot uchun, 84 davlatdan taqdim etilgan 750 dan ortiq filmdan 28 davlatning bor-yo‘g‘i 66 ta filmi festivalda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, film ssenariy muallifi Go‘zaloy Solih qizi, rejissyori esa Dilshoda Qosimova hisoblanadi.