Islom

Turkiya prezidenti konstitutsiyaga hijobni kiritishni taklif qilmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an mamlakat konstitutsiyasida maktablar, universitetlar va davlat idoralarida hijob o‘rash huquqini mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi, – deya xabar qilmoqda Euronews Russia.

2013-yilgacha u yerda diniy ro‘molda ko‘rinish taqiqlangan edi, biroq amaldagi davlat rahbari bu cheklovning bekor qilinishiga erishdi. Endi, deydi u, keyingi bosqichga o’tish vaqti keldi:

“Qizlarimiz, opa-singillarimiz qalbidan bu ogʻirlikni butunlay olib tashlash uchun roʻmol oʻrash erkinligini eʼlon qilishni taklif qilaman. Bu nima degani? Men buni konstitutsiyaviy kafolatga aylantiraylik, – dedim”.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, agar bu tashabbus parlamentda kerakli qo‘llab-quvvatlanmasa, u referendum o‘tkazishga tayyor. Bu holatda prezident LGBT vakillariga qarshi kurashish bo‘yicha taklifni xalq ovoziga qo‘yishga va’da beradi.

Davlat rahbari qanday aniq chora-tadbirlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi va ular faqat “oilani himoya qilishga” qaratilganini ta’kidladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version