Jahon

Dunyoga endi Ebola virusi xavf solmoqda (–mi?)

Shu kunlarda Afrika qitʼasining Uganda davlatida Ebola virusi tarqalmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus xastalik epidemiyaga aylanib, boshqa hududlar aholisiga ham xavf solishidan jiddiy tashvishda.

Uganda Sogʻliqni saqlash vazirligi 20-sentabr kuni mamlakatda ilk kasallanish holati roʻyxatga olinganini maʼlum qilgandi. Biroq oradan 2 hafta oʻtib, virus dastlabki oʻchogʻi boʻlgan Mubende tumanidan toʻrtta qoʻshni tumanga tarqalib ulgurgan.

“Ebolani jilovlash oson kechmaydi. Buning uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish lozim. Qolaversa, xastalik haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish epidemiyaga qarshi kurash samaradorligini oshiradi”, –deydi JSST rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Ebola virusining yashirin muddati 21 kungacha davom etadi. Virusni yuqtirganlarning oʻrtacha 50% kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumadi. Baʼzi hollarda bu koʻrsatkich 90% ga ham yetgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version