Buxoro yangiliklari
Buxorolik sportchi Jiu-Jitsu bo‘yicha Jahon chempionatida birinchi medalni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Jiu-Jitsu sport turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada viloyatimizdan 22 nafar yosh sportchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.
Shuningdek, viloyat terma jamoa bosh murabbiyi I. Rajabov, murabbiylar R. Ahmedov, Q. Samadov va delegasiya rahbari B. Sherovlar ham musoboqa ishtirokchilariga hamrohlik qilishmoqda.
Dastlabki birinchi kuni musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va undan so‘ng 16 yoshli sportchilar bellashuvlarni boshlab berishdi. Ushbu bahslarida ishtirok etayotgan buxorolik azamat, Buxoro shahridagi 2-son sport maktabi o‘quvchisi Solijon Temirov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, Solijon Jiu-Jitsu tarixidagi birinchi Jahon chempionatida dastlabki medalni terma jamoamiz hisobiga yozib qo‘ydi. Musobaqalar 8-noyabr kuniga qadar davom etadi.