Texnologiyalar
“Yandex” kompaniyasi endi “aqlli” televizor chiqaradi – foto

“Yandex” kompaniyasi “Alisa” ovozli yordamchisi o‘rnatilgan birinchi televizorlarini chiqardi. Bu haqda korporatsiya saytida xabar berildi.
Televizorlar 43 va 50 dyuymli bo‘lib, Direct LED, 4K, 60 gers chastotaga ega. U kompaniyaning o‘z operatsion tizimida ishlaydi.
Televizorni pult, “Yandex.Stansiya” kolonkasi, maxsus ilova yoki “Alisa” ovozli yordamchisi orqali boshqarish mumkin. Ovozli yordamchi bilan muayyan film yoki serialni topish va ko‘rish, ovozini boshqarish mumkin. Foydalanuvchi televizorni boshqa aqlli qurilmalar bilan ham ulanish imkoniyatiga ega.
Yandex vakillariga ko‘ra, televizorning birinchi partiyasi Xitoyda tayyorlangan, keyinchalik ishlab chiqarishni Rossiyaning o‘ziga ko‘chirishmoqchi.