Özbekiston
Endilikda Siz foizsiz kreditga quyosh panellarini online sotib olishingiz mumkin

Energetika vazirligiga ko‘ra, 1-oktabrdan vazirlik huzuridagi tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining raqamli onlayn platformasi – https://energymarket.uz ish boshladi.
Iste’molchilar ushbu platformadan foydalangan holda mamlakatda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3 yilgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari narxini to‘liq to‘lagan iste’molchini xarid qilgan xarajatlarining bir qismi Jamg’arma hisobidan qoplanadi.