Buxoro yangiliklari
Buxorolik qilichboz qizlar Toshkentdan g‘alaba bilan qaytishdi

Joriy yilning 20-oktabridan 31-oktabrga qadar Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi hamda MDH davlatlar o‘rtasida Respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.
Respublika Kubogi musobaqasi 2 xil yosh doirasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Buxoro olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari ham mahoratli sportchilar qatorida munosib ishtirok etib, “Shpaga” yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida 2006-yilda tug‘ilgan va undan yoshlar o‘rtasida Yakkallik bahslarda Marvarid Zuvaydilloyeva 1-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari MDH davlatlar o‘rtasida respublika ochiq turniri dasturida o‘smirlar o‘rtasida qizlarimiz jamoaviy finalda Qirg‘iziston jamoasi bilan uchrashib, 37/39 hisobda g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.