Buxoro yangiliklari
Bugun, 6-noyabr kuni ertalab Peshkoʻ tumanida zilzila sodir boʻldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi:
Bugun, 6-noyabr kuni soat 08:56 da Oʻzbekiston Respublikasi hududida zilzila sodir boʻldi.
Mazkur hodisa epitsenti Buxoro viloyatining Peshkoʻ tumani boʻlib, zilzilaning aniq koordinatalari 40,74 gradus shimoliy kenglik, 63,63 gradus sharqiy uzunlikda, magnitudasi – М=4, 15 km chuqurlikda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
1. Buxoro viloyati, Peshkoʻ tumani – 4 ball, 26 km;
2. Buxoro viloyati, Shofirkon tumani – 2-3 ball, 66 km;
3. Navoiy viloyati, Konimex tumani – 2 ball, 90 km;
4. Buxoro viloyati, Jondor tumani – 2 ball, 91 km;
5. Buxoro viloyati, Romitan tumani – 2 ball, 95 km.