Buxoro yangiliklari
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat filiali muhtoj aholiga 13 mln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi – video

Joriy yilning 29-oktabr kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat filiali tomonidan Buxoro shahrining “Nur” tantanalar saroyida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida bir necha fuqarolar uchun xayriya tadbiri tashkil qildi.
Unda viloyatda muqim yashayotgan hamda eshitish va gapirishda nuqsoni bor muhtoj fuqarolar ishtirok etdi, ular uchun osh dasturxoni yozildi.
Xayriya tadbirida shuningdek, 100 kishiga jami 13 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatildi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad hayotda boshqalardan biroz ajralib turadigan birodarlarimizga jamiyatimiz uchun ularning kerakli inson ekanliklarini ko‘rsatish va hamma singari ular ham Vatanimizning teng huquqli fuqarolari sifatida o‘zlarini yana bir bor his qilishlari va eng asosiysi, ko‘ngillarini ko‘tarib qo‘yish maqsad qilindi.