Buxoro yangiliklari

Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov Buxoro tumanidagi maktabga nega bordi?

Kuni kecha Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov Buxoro tumanidagi 18-umumta’lim maktabida bo‘lishdi, – deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan xabarda.

Mehmonlar ushbu ta’lim muassasasida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ta’lim mazmunini oshirish borasida olib borilayotgan o‘quv-amaliy jarayonlar bilan atroflicha tanishishdi. Shuningdek, o‘quvchilarning ta’limga yo‘naltirish, chet tillarini o‘rganish, jumladan rus tilida muloqot qilishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, madaniyatlararo do‘stlik aloqalari borasida fikrlar almashildi. O‘ziga xos maktab ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, mehmonlar ushbu maktabda faoliyat yuritayotgan I. Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universiteti mutaxassisi R. Salimgareyevaning faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘qituvchilar bilan birgalikda “Milliy o‘quv dasturi” asosida yaratilgan yangi darsliklar borasida fikrlashdilar.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version