Islom

Ish topishda o‘rtakashlik qilish mumkinmi?

Savol: hozirda o‘rtakashlik qiladiganlar ko‘paygan, ya’ni bir ish beruvchi bilan shartnoma tuzadi, unga ishlovchi odamlarni topib berib, evaziga pul oladi. Ishlovchi odamlarga esa kam maosh beradi. Bunday ishlar shariatimizda mumkinmi?

Javob: Shuni aytish lozimki, odamlarga ish topib berib, shu orqali tirikchilik qilish – joiz. Buning sharti topilgan ish – shariat tomonidan harom yoki shubhali, deb hukm qilinmagan pokiza ish bo‘lishi kerak. Yana bajariladigan ishning va to‘lanadigan haqning tafsilotlari nizoga o‘rin qoldirmaydigan darajada aniq bo‘lishi shart. Ish beruvchi tomon bilan shartnomani tuzgan odam, ko‘rsatilgan xizmat uchun beriladigan haqni olishi va ishchilar orasida taqsimlashi joiz. Kelishuvdan ortiqcha to‘langan pullarning uchdan bir qismini o‘ziga olib qolib, qolgan qismini ishchilarga bergani to‘g‘ri bo‘ladi.

Muallif: Muhammad Ayyub Homidov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version