Buxoro yangiliklari
Fayzulla Xoʻjayev uy muzeyiga uning nomi qaytarildi – foto

Bundan bir necha kun oldin internetda Buxorodagi Fayzullo Xo‘jayev uyining katta joyi qolib, hovlining qolgan qismiga tashkil etilgan muzeydan F. Xo‘jayev nomi oʻchirib tashlangani tanqid ostiga olingan edi.
Ushbu maqola oʻz navbatida e’lon ko‘plab jamoatchilik faollarining muhokamasiga sabab bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, Vazirlar mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 543-sonli qarori bilan Buxoro shahridagi «Buxorolik boy savdogarning uy muzeyi» yodgorlik majmuasi «Fayzullo Xo‘jayev uy muzeyi» deb qayta nomlandi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, muzey ilmiy konsepsiyasi va ekspozitsiyasini yangilash choralari ham ko‘rilishi qayd etilgan.