Buxoro yangiliklari

IIB Peshkoʻ tumanidagi ikki mahalla aholisini nega bir joyga toʻpladi?

Bundan bir oz muddat avval Buxoro viloyati IIB tomonidan hududlarda yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq sodir etilgan qoidabuzarliklarning tahlili asosida “qizil” va “sariq” toifalarga ajratilgan mahalalarda muhokamalar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Shunga ko‘ra, kuni kecha Peshkoʻ tumani IIB boshligʻi masʼul rahbarlar bilan birgalikda “Bobohoji” va “Chibogʻoni” mahallalarida keng jamoatchilik va yo‘lovchi tashuvchi yo‘nalishsiz taksi haydovchilari ishtirokida yo‘l transport hodisalarini oldini olishga doir navbatdagi targ‘ibot ishlari olib borildi, – deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Bunda haydovchi va yo‘lovchilarga yo‘l qoidalariga amal qilish zarurligi, aks holda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ayanchli hodisalar zanjiri haqida koʻrgazma qurollari orqali tushuntirilib, har qanday qoidabuzar shaxsga nisbatan qatʼiy chora koʻrilishi taʼkidlandi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version