Sport

Buxorolik Nigora ogʻir atletika boʻyicha birdaniga 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

Joriy yilning 15-noyabrdan 17-noyabrga qadar ogʻir atletika boʻyicha tarixda birinchi uch karra Olimpiada gʻolibi, 7 karra Jahon chempioni Naim Suleyman oʻgʻli xotirasiga bagʻishlangan II xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu turnirda esa 4 karra Jahon chempioni va bir necha bor Osiyo chempioni boʻlgan Peshkoʻ tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchisi Nigora Abdullayeva -55kg vazn toifasida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. U dast koʻtarishda 79 kg, 83 kg, 85 kg, siltab koʻtarishda 100 kg, 104 kg, 107 kg, ikki kurashda 192 kg tosh koʻtarib, barchaga nimaga qodir ekanligini koʻrsatib qoʻydi.

Qoʻlga kiritgan natijalar buxorolik Nigorani 2024-yili Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadigan olimpiya oʻyinlariga ishtirok etish uchun ballar hisobiga birinchi oʻringa chiqardi.

Sportchimizni tabriklab, kelgusi musobaqalarida albatta, ulkan zafarlar tilaymiz!

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version