Buxoro yangiliklari
Buxorolik ayollar uchun bepul kompyuter savodxonligi kurslari tashkil etildi

IT Park va YXHT hamkorligida «Iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash» loyihasi doirasida Buxoro viloyatida hunarmandchilik faoliyati bilan band bo‘lgan ayollar uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
Loyihaning asosiy maqsadi – axborot texnologiyalari va raqamlashtirish orqali tadbirkor ayollarning ishbilarmonlik salohiyatini kuchaytirish, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Shu munosabat bilan mazkur loyiha doirasida Buxoro viloyatida hunarmandchilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ayollar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Kurslar 2 bosqichda oʻtkaziladi:
– 150 nafar tadbirkor ayollar ахborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻqitiladi;
– 90 nafar birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchi elektron tijorat va raqamli marketingda IT vositalari boʻyicha malaka oshiradi.
Loyiha doirasida taʼlim olish – mutlaqo bepul!
Dasturga quyida roʻyxatdan oʻtib, ishtirok etishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/17GDIGIkO3UAvHF0IY59rNXktk3cRASUbuMuNWbbpdbY/