Islom

Er-xotin 2 oy birga yashamasa, ularning o‘rtasiga o‘z-o‘zidan taloq tusharkan. Shu to‘g‘rimi?

Savol: Erim bir necha oylardan buyon uzoqda. Xat orqali muloqot qilib turibmiz. Eshitishim bo‘yicha er-xotin 2 oy birga yashamasa, ularning o‘rtasiga o‘z-o‘zidan taloq tusharkan. Shu to‘g‘rimi? Umuman qancha muddat er-xotin bir-biri bilan yashamasa taloq tushadi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizga ko‘ra, “Er-xotin 2 oydan ortiq birga yashamasa, taloq tushadi”, – degan gap yo‘q. Er taloq qilmagunicha yoki er-xotindan biri vafot etmagunicha ular bir oila sanalaveradi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version