Buxoro yangiliklari
Buxoro IIB tezkor xodimlari Rossiyada oʻtgan Osiyo chempionatida gʻoliblar safidan joy olishdi

Kuni kecha Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati bellashuvlarida mamlakatimiz terma jamoasi safida Buxoro viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari ham munosib ishtirok etib, 3 ta medalni qo‘lga kiritishdi va sovrindorlar safidan o‘rin olishdi.
Jumladan, qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Hasan To‘rayev va Jahongir Jumayevlar o‘z vazn toifasida 3-o‘rinni hamda Husan To‘rayev esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘alaba bilan viloyat IIB jamoasini samimiy muborakbod etamiz!