Buxoro yangiliklari
Peshkoʻda 17 kalibrli miltiqni tunda jangovor holatda olib yurgan fuqaro ushlandi

Joriy yilning 17-noyabr kuni soat 01:50 larda Peshkoʻ tumani cho‘l hududida avtomashinada bir guruh shaxslar noqonuniy ravishda ov qilib yurganligi aniqlanib, to‘xta ishorasi berilishiga qaramasdan boʻysinmasdan harakatni davom ettiradi.
Kuzatuvga olingan avtomashina Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus amaliyot oʻtkazilib ushlanadi va u tekshirilganda mazkur tumanning “Qoraqalpoq” mahallasida yashovchi fuqaro F. R. “UAZ” rusumli davlat raqam belgisi boʻlmagan avtomashinasida 1 dona ov miltigʻi (16 kalibrli, 2 nilli) yigʻilmagan, jangovar holatda aniqlanadi.
Ov qilish qoidalarini buzganligi holati yuzasidan F. R. ga nisbatan Ovchilik qonunining 17-moddasi talablarini buzganligi tushuntirilib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va fuqaro 3 million soʻm atrofida jarimaga tortiladi.