Jahon

Yaponiyada turli suratlar chop etilgan olmalar yetishtirildi

Yaponiya shimolidagi Aomori prefekturasida arxitektura yodgorliklari va mashhur suratlar tasviri tushirilgan qizil olma yetishtirilmoqda. Ushbu mahsulot Fransiyaga eksport ham qilinyapti. Bu haqida Ukrainaning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Sergey Korsunskiyning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan xabarga tayanib, EastFruit xabar berdi.

“Hayron qoladigan narsaning o‘zi yo‘q, bu shunchaki Aomori prefekturasidan yapon olmalari, xolos. Ular Versalga va Ukrainaning Yaponiyadagi elchixonasiga yetkazilmoqda. Juda mazali”, – deb yozgan elchi.

Qayd etish joizki, Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi «SamoSad» fermer xo‘jaligi mevalar rang olishining tabiiy jarayonidan foydalangan holda suratli olmalar yetishtirmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbari Nazar Gerasimchukning so‘zlariga ko‘ra, logotip yaratish uchun qip-qizil navlar ko‘proq mos keladi. Misol uchun, «Gala» navi chiziqli bo‘lgani sabab, yuqori sifatli surat tushirib bo‘lmaydi. «SamoSad», birinchi navbatda, ommabop navlarga e’tibor qaratmoqda, masalan, qizil rangli «Jonaprins» ni olaylik — uning mevalari yirik va har doim yaxshi surat beradi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version