Islom

Mayitni qabrga qo‘ygandan keyin, qo‘lga tuproq olib sochish shariatda bormi?

Savol: Bizda mayitni qabrga qo‘ygandan keyin yoshmi-qarimi, hamma odamlar qo‘liga tuproq oladi-da qabr atrofida 3 marta aylanib, mayit ustidan tuproq sochishadi. O‘zimcha bu ishlar inson tuproqdan yaratilgan, yana tuproqqa qaytadi, degan ma’noda qilinsa kerak, deb o‘ylardim. Ammo shariatda bu bormi-yo‘qmi, bilmas ekanman, shunga aniqlik kiritib bersangiz…

Javob: Mayit qabrining bosh tomonidan uch siqim tuproq tashlashi mustahabdir. Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mayitga namoz o‘qidilar. So‘ngra qabriga kelib, boshi tomonidan uch siqim tuproq tashladilar” (Imom Ahmad rivoyati).

Avvalgisida (minhaa xalaqnaakum), ya’ni “Biz sizlarni undan yaratdik”, ikkinchisida (va fiyhaa nu’iydukum) – “Unga qaytarurmiz”, uchinchisida esa (va minhaa nuxrijukum taaratan uxro) “Va sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz”, deydi. Bu “Toha” surasining 55-oyatidagi jumlalar bo‘lib, oyatning to‘lig‘i quyidagicha:

﴿مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى﴾

Yaʼni, “Biz sizlarni undan (yerdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz”.

Muallif: Muhammad Ayyub Homidov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version