Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida sumkasidan “paq-paqa” chiqqan oʻsmir “Sogdiana” restorani yonida qoʻlga tushdi

Joriy yilning 16-noyabr kuni soat 15:00 larda Buxoro shahridagi “Sogdiana” restorani yonida Milliy gvardiya tomonidan harakatlanib ketayotgan fuqaro toʻxtatiladi.

Oʻzining shubhali harakatlari sababli toʻxtatilgan fuqaro Buxoro shahri, A. Somiy koʻchasida yashovchi 2008-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan fuqaro S. Sh. boʻlib chiqadi. Uning qoʻlida boʻlgan sumkasi tekshirilganda, umumiy qiymati 80 000 soʻmlik 3 quti (165 dona) “Noviy vek” nomli va 1 quti (55 dona) “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanadi.

Ashyoviy dalillar voyaga yetmagan shaxsning otasi U. X. hamda xolislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlashtirib olinadi.

Ayni damda holat yuzasidan Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi Surishtiruv boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version