Buxoro yangiliklari
Bugun “Buxoro savdo majmuasi” da maxsus-taktik mashgʻulot oʻtkaziladi

Bugun, 22-noyabr kuni soat 14:00 da Buxoro shahri, Islom Karimov koʻchasi, 1/1-uyda joylashgan «Buxoro savdo majmuasi» (sobiq “Dilkusho” yopiq bozori hududi) da maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Buxoro FVB aholidan mazkur o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan hududda tashkil etiladigan shartli yong‘in va uni bartaraf etishda jalb qilinadigan yong‘in ekipajlari harakati vaqtida vahima qilmaslikni so‘rab qoladi.