Maşhurlar

“Oddiygina qishloq qiziman” – Bonamur oʻzi katta boʻlgan qishloqni koʻrsatdi (video)

U pul boʻlsa, nafaqat qishloq, balki marslik boʻlsa ham koʻklarga koʻtarishlarini aytgan.

Instabloger Bonamur oʻzining Instagram sahifasidagi storisida obunachilariga oʻzining tugʻilib oʻsgan qishlogʻini koʻrsatdi.

“– Mana shu toshli, loy-loy koʻchalarda ulgʻayganman. Birinchi marta Toshkentga kelganimda ʻqishloqimisanʻ deyishmasin deb rosa uyalardim. Puling boʻlsa qishloq tugul, marslik boʻlmaysanmi, koʻklarga chiqazisharkan”, — deydi Bonamur.

Hozir esa u umuman oʻzining qishloqda tugʻilib oʻsganidan uyalmasligini aytadi.

“– Hozir hech ham uyalmayman. Oddiygina qishloq qiziman. Allohga shukur, shuncha mashaqqat bilan shu uyalmaydigan kunlarga ham yetib keldik”, — deydi instabloger.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version