Buxoro yangiliklari
Bugun Peshko‘ tumanida gaz ta‘minoti uzib qo‘yiladi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahri va Shofirkon tumanlaridan tashqari Peshko‘ tumanidagi ba’zi mahallalardagi jami 3 291 ta xonadonda ham tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik toʻxtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Peshko‘ tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari ham bugun, 25-noyabr kuni soat 13:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Turkiston” mahallasi;
2. “Obidxo‘ja” mahallasi;
3. “Kuyovxo‘ja” mahallasi;
4. “Chibig‘oni” mahallasi;
5. “Zandani” mahallasi;
6. “Xurram” mahallasi;
7. “O‘g‘lon” mahallasi;
8. “Quchoq” mahallasi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.