Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanidagi tugʻruqxona palatasidan pul oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi

Joriy yilning 13-noyabr kuni soat 08:00 dan 09:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Buxoro tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida statsionar tartibda muolaja olib davolanayotgan ayol palatasiga hech kimga sezdirmasdan kirib, xonadagi sumkadan jami 1 500 000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan. Ushbu hodisa yuzasidan IIB ga bemor ayol – Buxoro tumani, Gala Osiyo shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi A. A. ariza bilan murojaat qilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tezkor boʻlimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
Kechiktirib bo‘lmas surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro qplga olindi. Uni bemor ayolning tumandoshi – Buxoro tumanidagi “Quyi Chuqurak” mahallasida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan ayol qilganligi aniqlangan.
Ayni damda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.