Jahon

“Moskvich 3” joriy yilning dekabr oyidan sotuvga chiqariladi – video

Moskvadagi sobiq “Renault” zavodida “Moskvich” avtomobillarini seriyali yigʻish boshlandi, – deya xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri. Zavodning birinchi yangi modeli krossover boʻlib, u “Moskvich 3” deb nom olgan.

Kuni kecha boʻlib oʻtgan zavodning ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri oʻrinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, Moskva meri Sergey Sobyanin va “Moskvich” bosh direktori Dmitriy Pronin ishtirok etishdi.

«– “Renault” ketganidan keyin ishlab chiqarish toʻxtab qoladigandek tuyuldi. Ammo, bu qadam yangi ishlab chiqarishni qayta tiklash uchun turtki boʻldi. Bugun Moskva eski Moskvich brendi ostida yangi modellarni chiqarmoqda va bu tarixiy voqea. Umid qilamanki, bir necha yildan soʻng biz oʻz platformamizda mashinalar ishlab chiqarishni boshlaymiz. Yana bir narsa, ushbu liniya elektromobilni oʻz ichiga oladi va biz elektr transporti sohasida katta imkoniyatlarga egamiz. Bu texnologiyaning kelajagi», – dedi marosimda soʻzga chiqqan Sergey Sobyanin.

Mashinalarning tijorat sotuvi esa joriy yilning dekabriga rejalashtirilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version