Islom
Qabrda “Mazhabing qaysi?” deb savol beriladimi?

Savol: Qabrda “Mazhabing qaysi?”, – deb savol beriladimi?
Javob: Barzax – qabr olami biz uchun g‘ayb sanaladi. Ya’ni, u haqdagi ma’lumotlarni Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar orqali bilamiz. Qabrda banda so‘roq qilinishi sahih hadislarda kelgan. Lekin kishi mazhabi haqida so‘ralishi haqida oyat va hadislarda ma’lumot yo‘q.
Ammo bu musulmon kishi hayotida fiqhiy mazhablarga amal qilishi ahamiyatsiz degani emas. Sababi, musulmon kishi 4 mazhabdan biriga ergashishi vojib ekaniga ittifoq qilingan.