Jahon
WhatsApp ning 487 million foydalanuvchilari maʼlumotlari oʻgʻirlandi

Dunyo boʻyicha “WhatsApp” messenjerining 487 million foydalanuvchilari maʼlumotlari Darknet forumlarining birida sotuvga qoʻyildi.
«CyberNews.com» nashri tomonidan ushbu maʼlumotlar tekshirilgan. Natijada, barcha profillar egalari haqiqiy foydalanuvchilar ekanligi va unda 84 ta davlat fuqarolarining telefon raqamlari mavjudligi maʼlum aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, “WhatsApp” messenjerining 2 milliarddan koʻp foydalanuvchilari mavjud.