Buxoro yangiliklari

Buxorolik yosh bokschi jahon chempioni boʻldi

Shu kunlarda Ispaniyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Kecha, 25-noyabr kuni mazkur musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan buxorolik Baxtiyor Asadov finalda meksikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazdi va g‘alabaga erishdi.

Bu medal ushbu jahon chempionatidagi terma jamoamizning ikkinchi oltin medali hisoblanadi. Bungacha Gulsevar G‘aniyeva ham finalda g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 26-noyabr kuni yana 6 nafar bokschimiz finalda ringga ko‘tariladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version