Maşhurlar
Aktrisa Feruza Yusupova hijobga kirishi haqida gapirdi

Aktrisa Feruza Yusupova oʻzining Instagram sahifasidagi storisida kuzatuvchilari bilan savol-javob oʻtkazdi. Obunachilaridan biri uning hijobga kirish niyati bormi-yoʻqligi haqida soʻradi.
Bunga javoban atrisa “Albatta, In Shaa Allah”, – deb javob qoldiradi.
Feruza Yusupova shunindgek, sal oldinroq oʻzining Instagram sahifasidagi storisida kuzatuvchilari bilan savol-javob oʻtkazdi. Obunachilaridan biri uning umrining oxirigacha aktrisalik bilan shugʻullanishi va aktrisalik qanchalik toʻgʻri kasb ekanligi haqida soʻradi.
“Nasib… Lekin shuni ayta olamanki, oʻzingiz uchun hayrli boʻlgan narsani qiling, bu dunyodagi hamma zoʻr narsalar ham, narigi dunyo uchun xayrli boʻlavermaydi”, — deydi xonanda.