Buxoro yangiliklari
Buxorolik qizlar Rossiyada gimnastika bo‘yicha “Eng kuchli kubok finali” da g‘oliblar safida

Joriy yilning 23-noyabrdan 27-noyabrga qadar Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyatida badiiy gimnastika bo‘yicha “Eng kuchli kubok finali” Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur turnirda ko‘pgina davlatlardan tashrif buyurgan mahoratli gimnastikachi qizlar safida buxorolik sportchilarimiz ham yurtimiz, viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Jumladan, yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar orasida sharif shahrimizda ulg‘aygan qizlar ham bor:
Muhabbat To‘qliyeva: ko‘pkurash – 2-o‘rin, yakuniy to‘p – 2- o‘rin, final: bulava bo‘yicha – 2-o‘rin;
Parvina Tolibjonova: ko‘pkurash – 2-o‘rin, yakuniy to‘p – 2-o‘rin, final: bulava bo‘yicha – 2-o‘rin;
Shaxinabonu Botirova: ko‘pkurash – 2-o‘rin, yakuniy halqa – 3-o‘rin, yakuniy to‘p – 2-o‘rin, final: bulava bo‘yicha – 3-o‘rin, yakuniy lenta – 2-o‘rin (“Sport ustasi nominatsiyasi” dasturi);
Mila Butorina: ko‘pkurash – 3-o‘rin, yakuniy lenta – 3- o‘rin “Sport ustasi nominatsiyasi”).
Sportchi qizlarni yuksak mukofotlarni qo‘lga kiritishgani bilan tahririyatimiz nomidan muborakbod etamiz!