Buxoro yangiliklari
Buxoroda taniqli kompozitor tavalludiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Kecha, 28-noyabr kuni Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli kompozitor, professor va ayni damda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti retori Avaz Mansurov tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi magistranti, kompozitor Nasiba Inoyatova tomonidan musiqaga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarga «Kompozitor Avaz Mansurovning ijodiy va pedagogik faoliyati» nomli ma’ruzani o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvga kelgan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi raisi Bobirshih Nurullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nishonjon Atamuradov hamda bastakor Ahmad Haydarovlar Avaz Mansurov ijodiga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.