Jahon
Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi Chechenistonning eng oliy mukofoti bilan taqdirlandi

Checheniston rahbarining ikkinchi qizi, Grozniy shahri maktabgacha taʻlim boʻlimi boshligʻi 22 yoshli Xadijat Qodirova Ahmad Qodirov nomidagi orden bilan taqdirlandi, – deya xabar bermoqda respublikaning Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev oʻzining vKontakte.ru dagi sahifasida.
“– Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmad-Xajji Qodirovning nabirasi, Grozniy meriyasining maktabgacha taʻlim boʻlimi boshligʻi Xadijat Qodirovani oliy mukofot – Qodirov ordeni bilan taqdirlangani bilan chin yurakdan muborakbod etaman! Unga ishonib topshirilgan tashkilot faoliyatini yangi bosqichga koʻtardi. U eng qiyin vazifalarni hal qilishni biladigan adolatli va sezgir rahbar sifatida tanilgan”, – deb yozdi vazir.
Bir muddat avval mazkur orden bilan viloyat rahbarining toʻngʻich qizi – respublika madaniyat vaziri lavozimini egallab turgan 23 yoshli Ayshat Qodirova taqdirlangan edi.
Maʼlumot uchun, Ramzan Qodirovning jami 14 nafar farzandi bor, ulardan 6 tasi qiz bola.
Buxorodagi madrasalarning birida taʼlim olgan Ahmad-Xadji Qodirov dastlab 2000-yilda Checheniston maʻmuriyati rahbari, 2003-yilda esa Checheniston Prezidenti boʻlgan. 2004-yilning 9-mayda Grozniyda sodir etilgan teraktda halok boʻlgan.