Buxoro yangiliklari
Buxoroda havo harorati -7°C gacha sovishi kutilmoqda

“O‘zgideomet” joriy yilning 1-dekabridan boshlab 5-dekabrga qadar O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib kelishini e’lon qildi,
Jumladan, 3-dekabrdan 5-dekabrgacha mamlakatimizning katta qismida havo harorati kechalari –4°C dan -7°C sovuqqacha, kunduz kunlari 0°C dan +3°C iliqqacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida esa kechalari –10°C -13°C sovuqgacha, kunduz kunlari –4°C dan -7°C sovuqqacha pasayadi.
Bizdagi malumotlarga ko‘ra, Buxoroda ham kechasi havo haroratining -7°C darajagacha tushishi kutilmoqda.