Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanidagi “Otbozor” mahallasida bugun gaz bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Buxoro tumanidagi “Otbozor” mahallasi iste’molchilari bugun, 30-noyabr kuni soat 13:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.