Jahon
Qordan elektr energiyasi olish texnologiyasi ixtiro qilindi

Mutaxassislar ushbu texnologiyani sodda qilib tushuntirish uchun bir misol keltirishdi. Ko‘chalarni tozalash jarayonida to‘plangan qorni shahardagi yopilgan maktablardan birida joylashgan hovuzga to‘kishadi. Sovitgich quvurlari ham ichkariga joylashtiriladi. Harorat farqi tufayli sovitkichning konveksiya oqimi hosil bo‘ladi, bu esa elektr energiyasini ishlab chiqaradigan turbinani aylantira oladi.
Yaponiyadagi Tokio elektr aloqalari universiteti professori Kodzi Enokining aytishicha, bu usulning samaradorligi quyosh panellaridan foydalanishga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo’lishi mumkin.
Shu bilan birga, qordan foydalanish elektr energiyasini ishlab chiqarishning yanada ekologik toza usuli hisoblanadi.