Islom
Iymoni yo‘q odam hech qachon Sizga do‘st bo‘la olmaydi

Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Do‘st bo‘lsang, faqat moʻmin bilan do‘st bo‘l.Taomingni esa taqvodor odam yesin”, – dedilar.
Sharh: Mo‘min bilan do‘st bo‘l deyishlikning sababi, iymonsiz kishining do‘stligiga ishonch yo‘q. Musulmon, mo‘min bo‘lmagan odam bilan ulfat bo‘lish, biror bir ishda sherik bo‘lishingiz mumkin. Ammo hech qachon do‘st bo‘lolmaysiz. Chunki, iymoni bo‘lmagan odamning ishonchi bo‘lmaydi. Iymoni bo‘lmagan kishi do‘stlik qilolmaydi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.