Buxoro yangiliklari
Olotda saksovul oʻgʻrisi qoʻlga tushdi

Kuni kecha Olot tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, Olot tumanida yashovchi fuqaro R. G‘. shu hududda oʻsuvchi va davlat muhofazasida boʻlgan saksovul butalarini hech qanday ruxsatsiz sindirib, olib kelayotganligi fosh boʻldi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan R. Gʻ. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.