Buxoro yangiliklari

Peshko‘da uzatilishi to‘xtatilgan gaz qachon bo‘lishi ochiqlandi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Peshko‘ tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Peshko‘ tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 6-dekabr kuni soat 13:30 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:

1. “Peshko‘” mahallasi;
2. “Yangi bozor” mahallasi;
3. “Mustaqillik” mahallasi;
4. “Chiqirchi” mahallasi;
5. “Malishoyak” mahallasi;
6. “Ibn Sino” mahallasi;
7. “Sadir” mahallasi;
8. “Decha” mahallasi;
9. “Navbahor” mahallasi;
10. “Bog‘i Muso” mahallasi;
11.“Valfajir” mahallasi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version