Buxoro yangiliklari

Shahram G‘iyosov buxorolik qizga uylandi

Bugun, 6-dekabr kuni boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida Jahon chempioni, hozirgi vaqtda proffessional boksda faoliyat olib borayotgan 29 yoshli buxorolik Shahram G‘iyosovning to‘yi bo‘lmoqda. bu haqida birinchi bo‘lib “Qalampir” internet nashri e’lon qildi va marosimdan fotoni joylashtirdi.

Ayon bo‘lishicha, Shahramning turnush o‘rtog‘i Nigina ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalarning birida tibbiyot sohasida ta’lim oladi.

Yosh kelin-kuyovlarning nikoh to‘yi ayni vaqtda Buxoro shahridagi to‘yxonalarning birida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval bokschimiz Instagram dagi sahifasida taklifnoma rasmini joylashtirib, unga “Xayr bo‘ydoqlik” deb izoh qoldirgan edi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version