Buxoro yangiliklari

Buxoroda 4 kun anomal sovuq havo kuzatilishi mumkin – O‘zgidromet

O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi rasmiy axborot bilan chiqdi. Unda mamlakatimiz bo‘ylab sovuq ob-havo yanda kuchayishi aytilmoqda.

Jumladan, 9-dekabr kunidan boshlab Buxoroda, O‘zbekiston hududining katta qismida bo‘lgani kabi anomal past havo harorati hukm suradi.

Kechalari -5°C dan -10°C gacha, kunduzi 0 dan -5°C gacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Cho‘l hududlarida esa ob-havo bundanda sovuq bo‘ladi va u yerdagi harorat kechalari –22°C gacha yetadi.

Shuningdek, ba’zi joylarda kechasi –24°C, kunduz kunlari -9°C gacha sovuq tushishi ham mumkin.

12-dekabr kunidan boshlab ushbu anomal sovuq ob-havo respublikamiz hududdidan chekinishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishni so‘rab qoladi:

  • nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;
  • isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;
  • xonani vaqti-vaqti bilan shamollating va shamollatish kanallariga alohida e’tibor qarating;
  • isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
  • tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
  • isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;
  • gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;
  • yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version