Buxoro yangiliklari
Buxoro shahrida suv taʼminoti bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahridagi ba’zi koʻchalarda ichimlik suvi/issiq suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Buxoro suv taʼminot” MChJ.
Xususan, shahardagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 7-dekabr kuni soat 23:00 ga qadar suv ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. Islom Karimov koʻchasi;
2. Xalqabod koʻchasi;
3. Davlatobod koʻchasi;
4. Kamongar koʻchasi;
5. Choʻlpon koʻchasi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun suv ta’minoti korxonasi iste’molchilardan uzr so‘raydi.