Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanidagi “Zafarobod” mahallasidan o‘tuvchi gaz quvuriga avtomashina kelib urilgan

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Buxoro tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 6-dekabr kuni soat 11:30 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Zafarobod” mahallasi.
Ushbu huddudan o‘tuvchi gaz quvuri (76 mm) ga avtomashina kelib urilganligi sababli, quvur nosoz holga kelgan. Ayni damda uni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.