Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida 1 mlrd so‘mlik pirotexnikaning noqonuniy savdosi oldi olindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi hududida Pirotexnika buyumlari sohasida tegishli davlat nazorati o‘rnatilgan bo‘lsada, mazkur qonunchilik talablarini chetlab o‘tishga uringa shaxslar ham oramizda tez tez uchrab turadi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimi Durdona Qayumova.

Jumladan, kuni kecha mazkur boshqarma tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Avvaldan kuzatuvga olingan A. A. ismli shaxs yuk mashinasiga ortilgan pirotexnika vositalarini $83 000 ga sotishga kelishib, shundan $50 000 ni olayotgan vaqtida maxsus xizmat xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ushbu “paq-paqa” lar Buxoro shahridagi ov qurollarini sotish uchun mo‘ljallangan savdo do‘konidan yuk avtotransport vositasiga ortiladi.

Mas’ul xosimlar barcha pirotexnika vositalarini ko‘zdan kechirishganda, ular 19 turdagi 7 016 dona salyutlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Huqubuzarlikning ashyoviy dalillari sifatida musodara qilingan pirotexnika vositalarining etiketkalarida ko‘ra, O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra, respublika hududiga olib kirilishi taqiqlangan xavflilikning 2 toifasiga kiritilgan vositalar turiga kirgan.

Dastlabki hisob-kitoblar olib qo‘yilgan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd so‘mni tashkil qilishimi ko‘rdatmoqda.

Ayni damda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version